«falastin-isroil mojarosi» tegli maqolalar


O‘zbekiston yana G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi
13 dekabr 2023, 15:40

O‘zbekiston yana G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi

BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 153 davlat, jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Braziliya va BAA qo‘llab-quvvatladi. Isroil va AQSh yana qarshi chiqdi.

“Bu inqirozning oxiri ko‘rinmayapti”. Abdulla Aripov Arab-islom sammitida G‘azodagi mojaroga to‘xtaldi
13 noyabr 2023, 14:35

“Bu inqirozning oxiri ko‘rinmayapti”. Abdulla Aripov Arab-islom sammitida G‘azodagi mojaroga to‘xtaldi

Saudiya Arabistonida o‘tgan Arab-islom sammitida G‘azodagi harbiy amaliyotlarni zudlik bilan to‘xtatish muhokama qilindi. Unda qatnashgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov a’zo davlatlarni Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa maskanlar daxlsizligini ta’minlashda imkoniyatlarini safarbar etishga chaqirdi.

Isroil — Falastin urushining beshinchi kuni. Asosiy yangiliklar
11 oktabr 2023, 14:11

Isroil — Falastin urushining beshinchi kuni. Asosiy yangiliklar

HAMASning ikki yetakchisi halok bo‘ldi, Eron Isroilning harbiy va razvedka sohasidagi “tuzatib bo‘lmas mag‘lubiyatini” olqishladi, BMT komissiyasi HAMAS va Isroilning harakatlarini qoralamoqda, OAV Isroil elektr va suv yetkazib berishni to‘xtatgan mintaqada gumanitar falokat yuz berayotgani haqida yozmoqda.

Isroil — Falastin mojarosi. Asosiy yangiliklar
10 oktabr 2023, 11:34

Isroil — Falastin mojarosi. Asosiy yangiliklar

Isroil HAMAS guruhining harakatlariga javoban G‘azo sektorini “to‘liq blokada” qilishga buyruq berdi. Falastin SSV bemorlar ko‘payib ketgan kasalxonalarga shoshilinch tibbiy yordam ta’minotini yetkazib berish uchun xavfsiz yo‘lak ochishga chaqirmoqda.

HAMAS Isroilga hujum boshladi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi
7 oktabr 2023, 19:13

HAMAS Isroilga hujum boshladi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi

Falastinning HAMAS guruhi Isroilga qarshi minglab raketalarni uchirdi. Kamida 40 kishi halok bo‘ldi, 700 dan ortiq kishi yaralandi, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Isroil bosh vaziri bo‘layotgan voqealarni urush deb atadi. Isroil ham G‘azoga zarbalar berishni boshladi. Asosiy ma’lumotlar.

Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
21 may 2021, 09:58

Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu xavfsizlik masalalari bo‘yicha hukumat yig‘ilishini chaqirdi, uning ishtirokchilari jangovar harakatlarni to‘xtatishga qaror qilishdi. To‘qnashuvlar 10 kundan ortiq davom etgan. Culh juma kuni kechqurun kuchga kirgan.

Musulmonlar idorasi Quddus bo‘yicha noto‘g‘ri harakatlarga da’vat qilayotgan fitnalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
20 may 2021, 15:32

Musulmonlar idorasi Quddus bo‘yicha noto‘g‘ri harakatlarga da’vat qilayotgan fitnalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi musulmonlar uchun tabarruk mintaqada notinchliklar davom etayotganidan jiddiy tashvishda ekanligini ma’lum qildi. Idora «noo‘rin bahs-munozaralar, ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishga, noto‘g‘ri xatti-harakatlarga da’vat qilayotgan fitnalardan ehtiyot bo‘lishga» chaqirdi.

«Biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz». Shavkat Mirziyoyev — falastin-isroil mojarosi haqida
17 may 2021, 14:28

«Biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz». Shavkat Mirziyoyev — falastin-isroil mojarosi haqida

«Falastin va Isroildagi voqealar, Al-aqso masjidi atrofidagi harakatlar haqida gapirar ekanmiz, biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz. Albatta, har qanday masala bir stol atrofida o‘tirib, murosa qilinsagina hal bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident shuningdek, AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqayotganidan kelib chiqib, ushbu mamlakatda tinchlikni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning muhimligini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting